Jahon | 22:52 / 05.04.2021
7682
1 daqiqa o‘qiladi
Shanhayda osmondagi dronlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi (video)
Hyundai kompaniyasiga qarashli Genesis brendi Shanhay osmonida minglab dronlar yordamida yorqin shou taqdim etdi. Ushbu shou bir vaqtning o‘zida osmonga ko‘tarilgan dronlar soni bo‘yicha rekordni yangiladi.
Ta'kidlanishicha, ushbu reklama shousi Genesis’ning Xitoy bozoriga chiqishi sharafiga o‘tkazilgan. Unda 3281ta dron ishtirokida brend bilan bog‘liq turli kompozitsiyalar, jumladan brend logotipi hosil qilingan.
Bungacha rekord natija Shenzhen Damoda Intelligent Control Technology kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. U 2020 yil sentyabrda bir vaqtning o‘zida osmonga 3051ta dronni chiqargan.
Mavzuga oid
07:50 / 20.09.2024
Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi
10:50 / 14.09.2024
Reuters: Rossiya o‘z dronlari uchun Xitoy dvigatellaridan foydalanyapti
16:58 / 12.09.2024
Rossiyada 8-9-sinflar uchun dronlar bo‘yicha darslik chop etildi
16:32 / 10.09.2024