Toshkentdagi PPX batalonlari tuman ichki ishlar organlari tarkibiga o‘tkazilmoqda
“Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida jamoat xavfsizligini ta'minlash ushbu hududlardagi ichki ishlar va boshqa vakolatli organlarning mavjud kuch va vositalarini yagona “poytaxt mintaqasi” tamoyili asosida safarbar qilgan holda hamkorlikda amalga oshiriladi.
Toshkent shahridagi patrul-post xizmati batalonlari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining bevosita bo‘ysunuvidan chiqarilib, to‘g‘ridan to‘g‘ri tuman ichki ishlar organlari tarkibiga o‘tkaziladi va ularning kunlik xizmati mahallalar kesimida yo‘lga qo‘yiladi.
Jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelganda poytaxtdagi barcha ichki ishlar organlari faoliyati, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalari kuch va vositalarining yagona tezkor boshqaruvi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi zimmasiga, umumiy boshqaruvi ichki ishlar vaziri zimmasiga yuklatiladi.
Shunga ko‘ra, Jamoat xavfsizligini ta'minlash masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.
Shuningdek, qaror bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzurida Yagona tezkor boshqaruv markazi tashkil etildi. Markaz poytaxt hududida kriminogen va ijtimoiy vaziyatni uzluksiz monitoring qiladi.
Mavzuga oid
16:02 / 22.04.2024
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi
21:05 / 29.03.2024
Prezident jamoat tartibini saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirishni buyurdi
13:51 / 22.12.2023
IIO navbatchilik qismlarida fuqarolarni alkotester yordamida tekshirish tartibi e’lon qilindi
08:28 / 25.10.2023