“Bolam boshidan 10 marta operatsiya qilindi” – Ibrohim xorijda og‘ir ahvolda
Ayni paytda Turkiyada bo‘lib turgan bu oilaning taqdiri har qanday insonning dilini iztirobga solishi tayin. Vaziyatning murakkabligi shundaki, hozir Ibrohim va oilasining shifoxona kunlik to‘loviga ham pullari qolmagan.
Ayni o‘ynab-kuladigan yoshdagi, endigina 10 yoshni qarshilagan Ibrohim Kamolov bosh miyasidagi jiddiy kasallik bilan kurashmoqda. Vaziyat og‘irlashib borayotgani ma'lum bo‘lgach, 2020 yilning 26 dekabrida ota-onalari va yaqinlari bor-budlarini yig‘ib, uni Turkiyaning “Memorial” klinikasiga olib borib operatsiya qildirdilar. Operatsiyadan keyin gistologiya natijasiga ko‘ra kimyo terapiya va nur terapiya belgilangan. Operatsiya og‘ir kechgani sabab, bolaning o‘ziga kelishi orqaga cho‘zilib ketadi.
– Bolamning sog‘ligi uchun hech narsa ko‘zimizga ko‘rinmay, uyimizgacha sotib kelgandik. Shu kungacha Ibrohimjon o‘ntacha operatsiyani boshidan o‘tkazdi va yana bir juda og‘ir operatsiya oldinda turibdi. Miya suyuqligiga infeksiya tushib qolgani salomatligiga jiddiy ta'sir qildi. Bolam burnidan tomizilib, sut va protein bilan oziqlantirilyapti. Nafas olishi qiyinlashib qolgandi, reanimatsiyaga tushib, tomog‘iga trubka ham qo‘yildi. 5 kunda operatsiya qilinib qaytasizlar deyishgandi, 3 oydan ortdi mana...
Har kunlik davolanishimiz narxi 540 dollar, shuni to‘lay olmay qiynalyapmiz. Iltimos, bolamning haqiga duo qilinglar, hech kimning boshiga bu kunlar tushmasin. Bor-budimizni sarflab bo‘ldik, endi Alloh dillariga savob yozgan saxovatpesha insonlardan o‘zga umidimiz qolmadi, – yig‘lab so‘zlaydi Ibrohimning onasi Ma'mura Xolmatova.
Yurtdoshlarimiz hech bir xayriyaga befarq bo‘lmaganlar, ayniqsa, xorijda qiyin vaziyatga tushganlarga o‘zgacha mehr ko‘rsatadilar, dalolat qiladilar. Xudo xohlasa ko‘pchilik ko‘magi bilan Ibrohim sog‘ayadi va o‘zi kelib xalqimizni duo qiladi.
Ibrohim Kamolovga tegishli ma'lumotlar:
UZCARD: 8600 1204 4317 3557
VISA CARD: 4231 2000 0053 9600
Kamolov Ilhomjon (otasi)
Telefon: +905527791497
Abror Zohidov
Mavzuga oid
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024