Yoshlar ittifoqi raisi Sergeli tumani hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
Toshkent shahar Sergeli tumani hokimining birinchi o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Akmal Jumaboyev Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
Akmal Jumaboyev 1987 yil Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan. Xalq deputatlari Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi deputati.
U tashkilotning Toshkent shahar kengashi raisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.
Mavzuga oid
07:21 / 03.09.2024
Toshkentda Nexia-3 to‘xtab turgan Damas’ga borib urildi
07:40 / 22.08.2024
Toshkentda daraxt kesgan fuqaro 17 mln so‘m jarima to‘laydigan va 100 ta ko‘chat ekadigan bo‘ldi
13:42 / 20.07.2024
Toshkentda ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in sodir bo‘ldi
12:54 / 19.06.2024