Antimonopoliya qo‘mitasi kungaboqar va paxta yog‘lari qimmatlashi bo‘yicha izoh berdi
Kungaboqar va paxta yog‘lari narxining keskin oshishiga jahon bozorlaridagi narxlar oshishi, o‘tgan hosil yilida yetishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo‘lgani, qo‘shni davlatlarda kungaboqar yog‘i va urug‘i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilangan muddat uzaytirilishi ta'sir etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda mart-aprel oylarida kungaboqar va paxta yog‘lari narxlari keskin oshgani keng muhokama qilinmoqda.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ma'lum qilishicha, ichki bozorda o‘simlik yog‘i mahsulotlari narxlari o‘zgarishi tashkilot tomonidan tahlil qilib borilmoqda.
«Ichki bozorlarda narxlar keskin o‘sishiga birinchi navbatda,
tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va o‘tgan hosil yilida yetishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo‘lishi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qo‘shni davlatlarda kungaboqar yog‘i va urug‘i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddatining uzaytirilishi ham ta'sir etdi.
O‘z navbatida, import asosida olib kelinadigan kungaboqar yog‘i va urug‘i narxlarining oshishi mahalliy paxta yog‘i narxlariga ham bevosita o‘z ta'sirini ko‘rsatdi.
Shu bilan birga, mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish uchun ichki bozorda taklif yetarli darajada ekanligi ham ma'lum bo‘ldi.
Yuqoridagilarga asosan, ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxlarini barqarorlashtirish maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar birgalikda barcha zarur choralarni ko‘rayotganligi ma'lum qilinadi», deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ma'lumotida.
Qo‘mitaga ko‘ra, sanitariya qoida va me'yorlariga muvofiq respublika bo‘yicha yiliga 300 ming tonnadan ortiq o‘simlik yog‘i talab etiladi.
2020 yilda aholi iste'moli uchun 450 ming tonnadan ziyod o‘simlik yog‘i muomalaga chiqarilgan bo‘lib, shundan yarmidan ortiqrog‘i import qilingan.
Avvalroq saytimizda O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxlari oshib borayotgani yuzasidan maqola e'lon qilingandi. Unda dunyo bo‘yicha o‘simlik yog‘lari narxi o‘rtacha 20-25-foizga, O‘zbekistonda esa 17 foizga oshgani, narx yana 30 foizga oshishi mumkinligi bildirilgan.
Shuningdek, Toshkent bozorlarida yarmarkadagi yog‘ uchun navbatlar yuzaga kelayotgani xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida bozorlarda maksimal 17-19 ming so‘mdan sotilgan o‘simlik yog‘i (pista yog‘i) aprel boshiga kelib, 22 ming so‘mdan sotilmoqda.
Mavzuga oid
20:06 / 28.01.2023
Rossiyada kungaboqar yog‘ini O‘zbekistonga yetkazib berish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
15:24 / 14.09.2021
Birjada paxta yog‘i, sement va suyultirilgan gaz narxi pasaydi
19:25 / 10.08.2021
Birja savdolarida paxta yog‘i va sement narxi arzonlashdi
20:02 / 02.06.2021