Jamiyat | 20:11 / 13.04.2021
17198
2 daqiqa o‘qiladi

Senat Xorazmda o‘zini osib o‘ldirgan kelin ishi nazoratga oldi

Xorazm viloyati Shovot tumanida 19 yoshli homilador kelinning molxonada o‘zini osib o‘ldirgani haqida xabar berilgandi. Ma'lum qilinishicha, Senat ushbu holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishini nazoratga olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda kelinning o‘z joniga qasd qilishiga uning o‘limidan avval eri, qaynakasi va qaynotasi tomonidan do‘pposlangani turtki bo‘lgani, bunga sabab sifatida esa kelin uyidagilardan beso‘roq ammasining tug‘ilgan kuniga ketgani va yo‘lkiraga qo‘shnidan 5 ming so‘m pul qarz olgani aytilgandi.

Senat axborot xizmatining ma'lum qilishicha, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov tomonidan ushbu holat yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi nazoratga olingan va yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

Bundan oldinroq, Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini va tekshiruv natijalari haqida ma'lumot berilishini bildirgandi.

Mavzuga oid