Jamiyat | 09:34 / 14.04.2021
2553
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda voyaga yetmagan o‘quvchiga nisbatan sodir etilgan talonchilik fosh qilindi

Noma'lum shaxslar boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinada Andijon tumani "Chem" MFY hududidan o‘tgan “Andijon—Asaka” chorrahasida talonchilik sodir etgan.

Ular qatnov yo‘lida ketayotgan voyaga yetmagan 9-sinf o‘quvchisi 16 yoshli Hikmatillo X.ning oldida to‘xtab, qo‘lidagi “RedMi Note-9” rusumli telefon apparatini ochiqdan ochiq tortib olib, hodisa joyidan yashiringanlar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 26 yoshli Doniyorbek T. va 21 yoshli Javohir Z. sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Doniyorbek T. va Javohir Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijonda 3 oylik chaqalog‘ini 700 dollarga pullamoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.

Mavzuga oid