O‘zbekiston | 16:43 / 15.04.2021
19598
1 daqiqa o‘qiladi

Aksilkorrupsiya agentligi eng korrupsiyalashgan 3 ta vazirlikni ma'lum qildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas'ul xodimi Bekzod Rahmonov 2020 yil holati bo‘yicha eng korrupsiyalashgan vazirliklar uchligini ma'lum qildi.

«Bugungi kunda korrupsion holatlar ko‘p qayd etilishi jihatidan eng yuqori o‘rinda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Qurilish vazirligi turadi.

Ushbu tashkilotlar tizimida korrupsion holatlar ko‘p uchrayapti. Bu ma'lumotlar 2020 yil davomida sodir etilgan korrupsiyaviy harakatlar tahlili asosida shakllantirilgan», – dedi Rahmonov 15 aprel kungi matbuot anjumanida.

U hozirda bu vazirliklarni korrupsiyadan xoli idoraga aylantirish bo‘yicha ishlar ketayotganini qo‘shimcha qildi.

Mavzuga oid