Jahon | 18:10 / 16.04.2021
17216
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Qrim va Donbass Chernobildan ham yomonroq ahvolga tushishini aytdi

 Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Qrim va Donbass Ukrainasiz baxtli bo‘la olmaydi.

Foto: STR/AFP

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrim va Donbassning taqdiri Chernobilnikidan ham yomonroq bo‘lishini bashorat qildi. U bu haqda Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Qrim va Donbass Ukrainasiz baxtli bo‘la olmaydi. U «ilmiy rivojlanish, yirik korxonalar, osmono‘par binolari yo‘q» Abxaziya va Dnestrbo‘yini misol keltirdi. U yerda baxt yo‘qligi uchun odamlar ketib qolishyapti, dedi Ukraina prezidenti.

«Bular "o‘lik" hudud bo‘ladi. Bu Chernobildan ham yomonroq bo‘ladi. Chunki hatto Chernobilga ham turistlar keladi. Ular esa afsuski, "o‘lik" hududlar bo‘ladi», — dedi Zelenskiy.

Zelenskiy mart oxirlarida Qrimni ozod qilish va qaytarish strategiyasini tasdiqlagandi.

Mavzuga oid