O‘zbekiston | 16:09 / 20.04.2021
2105
2 daqiqa o‘qiladi

Qidiruvdagi otaning yaqin qarindoshlari aliment pullarini to‘lab berdi

Foto: KUN.UZ

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudi 2016 yilda Uzun tumanida yashovchi Sh.M.dan bir nafar farzandining ta'minoti uchun aliment undirishni belgilagan edi.

MIB Surxondaryo viloyat boshqarmasining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, qarzdor ota aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamay, ijrodan qochib yurgan. 

Majburiy ijro byurosi Uzun tuman bo‘limi 2020 yilning 2 dekabr kuni Sh.M.ga nisbatan qidiruv e'lon qildi. 

Aniqlanishicha, Sh.M. Rossiyada ishlab yurgan ekan.

Prokuratura va MIB xodimlari, jamoatchilik vakillari qarzdor otaning yaqin qarndoshlariga aliment to‘lamaslikning huquqiy oqibatlarini tushuntirishdi.

Shundan so‘ng, Sh.M.ning yaqin qarndoshlari bir nafar bolaning voyaga yetguniga qadar hisoblangan  30 mln so‘m aliment pullarini tilxat asosida to‘lab berdi.

Sh.M.ning barcha aliment qarzdorligi qoplanganligi sababli unga nisbatan e'lon qilingan qidiruv bekor qilindi.

Mavzuga oid