Hakerlar Apple’ning yangi qurilmalari maxfiy chizmalarini o‘g‘irlashdi
Revil hakerlar guruhi Apple kompaniyasining yangi qurilmalari maxfiy chizmalarini o‘g‘irlaganini ma'lum qildi. Hakerlar, shuningdek, kompaniyadan 50 mln dollar talab qilishgan.
Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, hakerlar nafaqat chizmalarni o‘g‘irlashgan, balki AQSh kompaniyasiga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi Quanta Computer kompaniyasining kompyuter tarmog‘idagi ma'lumotlarni shifrlab qo‘yishgan. Ular ma'lumotlarni deshifrlash uchun 50 mln dollar talab qilishgan.
Hakerlar so‘ralgan pul 1 maygacha to‘lanishini talab qilishmoqda. Ular ayni vaqtda Apple’ning yangi gadjetlari haqidagi maxfiy fayllarni e'lon qilishni davom ettirishmoqda.
Tijorat siri hisoblangan chizmalar Quanta Computer kompyuter tarmog‘i buzib kirilgandan keyin o‘g‘irlangan.
20 aprelda Apple yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazdi. Kompaniya binafsha rangdagi iPhone 12’ni, iPad Pro planshetlarining yangi avlodini, iMac kompyuterlarini hamda yo‘qotilgan buyumlarni topishda yordam beruvchi AirTags qurilmasini namoyish qildi.
Mavzuga oid
22:57 / 24.09.2024
Apple App Store do‘konidan 100 ga yaqin VPN-ilovani o‘chirib tashladi
22:20 / 23.09.2024
AQSh Xitoy va Rossiya texnologiyasi mavjud «aqlli» avtomobillarni taqiqlashni taklif qilmoqda
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
21:44 / 17.09.2024