O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2021
3173
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda bojxona postidan olib o‘tilayotgan qalbaki avto raqamlar aniqlandi

Andijon viloyati “Do‘stlik” chegara bojxona postida bojxonachilar tomonidan avtotransport vositalarining “qalbaki” davlat raqamlari fosh etildi.

Qo‘shni respublika hududidan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro S.M. boshqaruvidagi “Volvo FH” rusumli avtotransport vositasi sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilganda, transport vositasining salon qismida, haydovchi o‘rindig‘i orqasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, noqonuniy yo‘llar bilan tayyorlangan 4 dona “40A770AA”, 2 dona “40A234AA” hamda 2 dona “01A755AA”  qalbaki davlat avtoraqamlari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tezkor qidiruv va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq, Andijon viloyatida bojxonachilar «Nexia»da kuchli ta'sir qiluvchi dorilar olib kirayotgan erkakni to‘xtatib qolganligi haqida xabar bergan edik.

Mavzuga oid