O‘zbekiston | 10:21 / 22.04.2021
3525
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 500 mingga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi 21 aprel kuni mamlakat hududlari bo‘ylab jami 28405 nafar kishi Covid-19’ga qarshi emlangani haqida xabar berdi.
Shu tariqa, ayni kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 486 960 nafarga yetdi.
21 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Surxondaryo viloyati (5 307 nafar),
- Namangan viloyati (4 237 nafar),
- Samarqand viloyati (3 204 nafar) band qildi.
Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni Farg‘ona viloyatida 69 013 nafar, Namangan viloyatida 52 078 nafar, Andijon viloyatida 49 533 nafar, Samarqand viloyatida 46 598 nafar, Qashqadaryo viloyatida 40 128 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
07:24 / 16.02.2022
YUNISEF O‘zbekistonga vaksina omborlari uchun 500 ming dollarlik uskunalar taqdim etdi
10:58 / 03.02.2022
O‘zbekiston Rossiya vaksinalarini import qilish bo‘yicha top-5 davlat qatoriga kirdi
16:41 / 31.01.2022
O‘zbekistonlik biolog: Ilk vaksina musulmon olimi tomonidan yaratilgan
08:44 / 19.01.2022