Urganchdagi bog‘chalarga aqlli robotlar tarqatildi
Janubiy Koreyaning KIRIA instituti va Pedagoglar uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligiga 275ta Albert va Genibot aqlli robotlari, shuningdek, 350ta o‘quv qo‘llanmalari sovg‘a qilingan edi.
Shulardan 40ta robot Urganch shahrining 8ta maktabgacha ta'lim tashkilotiga tarqatildi.
Robototexnika va dasturlash ko‘nikmalarini o‘rgatish uchun mo‘ljallangan Albert va Genibot aqlli robotlarining imkoniyatlari ko‘p. Ular bolalarda ijodkorlik, mantiq, namunalarni tanib olish, bir-biridan farqlash va tez topish shuningdek biror vazifaning optimal yechimlarini izlash qobiliyatlarini shakllanishida yaxshi samara berishi aniqlangan.
Robotdan bir nechta bosqichda foydalaniladi. Birinchi bosqichda bola tayyor kodlash kartalari yordamida o‘yinchoqni harakatlanishga, ko‘zini miltiratishga, gapirishga majbur qiladi. Shu tarzda u kod bloklarining qanday ishlashini tushunib oladi. Keyingi bosqichlarda vazifa mukammallashib boraveradi. Yoshi kattaroq bolalar robotni smartfonga ulab, o‘z buyruqlari va algoritmlarini yaratishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, robotlarga asoslangan o‘qitish dasturi Koreya Respublikasida yaxshi natijalar ko‘rsatgan. Agar loyiha samarali yakunlansa, bog‘chalar yanada ko‘proq Albert robotlari bilan to‘ldiriladi.
Mavzuga oid
15:44 / 13.11.2024
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
02:35 / 12.11.2024
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
16:03 / 11.11.2024