Sport | 09:33 / 25.04.2021
18419
2 daqiqa o‘qiladi

Gubernator kubogi: O‘zbekistonlik bokschilar turnirni 6 medal bilan yakunlashdi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha «Gubernator kubogi» o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi jami 6ta medal jamg‘ardi.

24 aprel kuni final janglarida qatnashgan o‘zbekistonlik 5 sportchining 4 nafari bahslarni muvaffaqiyatli yakunladi.

-69 kg vazn toifasida ishtirok etgan Bobousmon Baturov yarim finalda qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga yutqazib (u finalda ham g‘alaba qozondi) bronza medali bilan kifoyalandi.

Finalda Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg) va Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) o‘z raqiblarini birin-ketin yengib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi, Abdumalik Xalakov (-60 kg) esa rossiyalik Albert Batirgaziyevga yutqazib qo‘ydi.

+91 kg vazn toifasi finalida Bahodir Jalolov musobaqa mezbonlaridan biri Ivan Veryasovni nokautga uchratib, turnirni yakunlab berdi.

Finalda qayd etilgan natijalar:

  • -49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Igor Tsaregorodsev (Rossiya) 4:1 (g‘alaba)
  • -52 kg: Shahobiddin Zoirov – Mahmut Sabirxan (Qozog‘iston) 5:0 (g‘alaba)
  • -57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Dmitriy Spivak (Rossiya) 5:0 (g‘alaba)
  • -60 kg: Abdumalik Xalakov – Albert Batirgaziyev (Rossiya) 0:5 (mag‘lubiyat)
  • +91 kg: Bahodir Jalolov – Ivan Veryasov (Rossiya) (Bahodir ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratdi)

Turnirda O‘zbekiston va Rossiya 4tadan oltin medal jamg‘arishdi, rossiyaliklarda kumush ko‘proq (6ta), Qozog‘iston 2ta oltin medal bilan uchinchi bo‘ldi.

Mavzuga oid