Aniqlangan kamchilikni kamaytirib ko‘rsatish uchun pora olgan shaxs ushlandi
Jizzax shahrida ijtimoiy soha obektlarining birida aniqlangan kamaytirib ko‘rsatish uchun 1 000 dollar pora talab qilgan moliya bo‘limi xodimi ushlandi
DXX viloyat boshqarmasi tomonidan Jizzax shahridagi ijtimoiy soha obektlarining birida direktor lavozimida ishlab kelayotgan fuqaroning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, ijtimoiy soha obektlarining birida o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklarni kamaytirib ko‘rsatish evaziga Jizzax shahar Moliya bo‘limining xodimlaridan biri direktordan 1 000 AQSh dollari berishni talab qilgan.
Ushbu mablag‘larni Sharof Rashidov tumani «Uchtepa» MFY hududida, boshqaruvida bo‘lgan «Gentra» mashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Jizzax shahrida o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pora olgan shaxs aniqlagani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
17:42 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida MIB, soliq, bojxona xodimlari pora bilan ushlandi
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
20:03 / 09.10.2024
Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi
17:35 / 03.10.2024