Jahon | 14:55 / 04.05.2021
5935
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 20 milliondan oshdi

Shifoxonalarda bemorlar uchun kislorod yetishmasligi jiddiy muammoligicha qolmoqda. 

Foto: Antonio Masiello/Getty Images

Hindistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 20,28 millionga yetdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma'lum qildi.

4 may kuni sutkalik o‘sish 355 mingtani tashkil etdi, 30 aprel kuni 400 mingdan ortiq holat qayd etilgandi.

"Bi-bi-si"ning qayd etishicha, yangi holatlar soni aslida bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, ko‘rsatkichning kamayishi esa test olish hajmining kamayishi bilan bog‘liq. 

Shu bilan birga, shifoxonalarda bemorlar uchun kislorod yetishmasligi jiddiy muammoligicha qolmoqda. 

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Hindistonda koronavirusdan 222 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzuga oid