O‘zbekiston | 16:51 / 06.05.2021
5411
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Saidov Botir Ozodovich Xorazm viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 1975 yil Bog‘ot  tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti – oliy, 1997 yilda Urganch Davlat universiteti, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 1997 yilda Urganch Davlat universiteti iqtisod fakulteti Matematik modellashtirish va menejment kafedrasi assistent o‘qituvchisi vazifasidan boshlagan.

2001-2020 yillar mobaynida Markaziy bank iqtisodiy tahlil departamenti iqtisodchisi, Xalq banki filiallarida boshqaruvchi o‘rinbosari, boshqaruvchi birinchi o‘rinbosari, boshqaruvchi, Xalq bankining Risk menejment departamenti direktori o‘rinbosari, “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv Raisi maslahatchisi, Xalq banki hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish kompleksi hududiy menejyeri, Xalq banki boshqaruv raisi maslahatchisi, Xalq banki Aktivlar monitoringi va muammoli aktivlar bilan ishlash kompleksi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Botir Saidov 2020 yil 17 dekabrdan buyon viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid