Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘ nizosida halok bo‘lgan harbiylar sonini ma'lum qildi
Qayd etilishicha, bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgan harbiylarni qidirib topish va shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
O‘tgan yil kuzda Tog‘li Qorabog‘da yuz bergan jangovar harakatlar davomida 2895 nafar ozarboyjonlik harbiy halok bo‘lgan, 19 nafari bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Ozarboyjon mudofaa vazirligi ma'lum qildi.
«Vatan urushida shahid bo‘lgan 2895 nafar va bedarak yo‘qolgan deb hisoblanuvchi 19 nafar harbiy xizmatchining fotosurati, ism-sharifi, harbiy unvoni va tug‘ilgan sanasi haqidagi ma'lumotlarni taqdim etamiz», — deyiladi mudofaa vazirligi xabarida.
Qayd etilishicha, bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgan harbiylarni qidirib topish va shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Armaniston ushbu nizoda 3,5 mingga yaqin kishini yo‘qotgan. Tog‘li Qorabog‘ning yo‘qotishlari 2 mingga yaqin deb hisoblanmoqda.
Mavzuga oid
09:50 / 20.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
22:04 / 03.09.2024
Ozarboyjon va O‘zbekiston parom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
07:42 / 02.09.2024
Ozarboyjondagi parlament saylovlarida Aliyevning partiyasi g‘alaba qozondi
18:55 / 30.08.2024