«Sardoba ishi» bo‘yicha sud hukmi e'lon qilindi
«O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» UK bosh direktorining o‘rinbosari – Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan M.Xolmatov 10 yilga qamaldi. Yana 4 sudlanuvchiga 5 yil, bir nafariga 4 yil berildi.
10 may kuni O‘zbekiston Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'atida «Sardoba ishi»ga oid yopiq sud jarayonlari nihoyasiga yetdi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati ma'lum qildi.
«Ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rib chiqildi», – deyiladi rasmiy axborotda.
Sud hukmiga ko‘ra:
M. Xolmatov – «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» UK bosh direktorining o‘rinbosari – Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan –
– JKning 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
S. Rudnev – «UzGIP» MChJ Istiqbolli loyihalarni rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan –
– JKning 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va BHMning 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.
S. Abdunazarov – «Sirdaryo suv qurilish invest» DUK rahbari lavozimida ishlagan –
– JKning 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va BHMning 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.
F. Danaboyev – «Sardoba» suv ombori obektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan –
– JKning 203-moddasi (suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.
I. Kattabekov – «Omad dubl» MChJ rahbari lavozimida ishlagan –
– JKning 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va BHMning 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi.
B. Asadov – «TO’PALANG HDP IRRIGATION SYSTEMS» (sobiq «To‘palang Sherobod» ShK) UK rahbari lavozimida ishlagan –
– JKning 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va BHMning 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.
S. Qahhorov – «Sardoba» suv ombori obektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi bosh muhandisi lavozimida ishlagan –
– JKning 203-moddasi va 207-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
K. Ro‘ziyev – «TO’PALANG HDP WATER CONSTRUCTION» (sobiq «Rezaksoy suv qurilish») UK direktori lavozimida ishlagan –
– JKning 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda BHMning 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 296 kuni JKning 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 97 540 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.
L. Tojiddinov – «TO’PALANG HDP IRRIGATION SYSTEMS» (sobiq «To‘palang Sherobod» ShK) UK ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan –
– JKning 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil BHMning 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 70 kuni JKning 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 125 225 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.
A. Shukurov – «TO’PALANG HDP WATER CONSTRUCTION» (sobiq «Rezaksoy suv qurilish») UK ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan –
– JKning 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda BHMning 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 70 kuni JKning 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 125 225 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.
O‘. Xamroyev – «Omad dubl» MChJ bosh muhandisi lavozimida ishlagan –
– JKning 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda BHMning 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Sh. Mamirov – «Omad dubl» MChJ ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan –
– JKning 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda BHMning 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
S. Muroduloyev – «Sariosiyo qurilish» MChJ direktori lavozimida ishlagan –
– JKning 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda BHMning 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
A. Murodullayev – «Sariosiyo qurilish» MChJ direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan –
– JKning 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda BHMning 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
F. Mahmudov – «Trans servis kompleks» MChJ direktori lavozimida ishlagan –
– JKning 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda BHMning 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Z. Jabborov – «Trans servis kompleks» MChJ direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan –
– JKning 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda BHMning 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Sh. Qo‘chqorov – Suv xo‘jaligi vazirligi Suv resurslari va suvdan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan –
– JKning 203-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga BHMning 100 baravari miqdorida 22 300 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 126 kuni JKning 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash 6 865 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.
Shuningdek, sudlanuvchilardan o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish oqibatida hamda «Sardoba» suv ombori o‘pirilishi natijasida yetkazilgan zararlarni undirish choralari belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq suv omborini qurish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining qonuniy sarflangani yuzasidan jinoyat ishi tergovi davom etayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:48 / 09.11.2024
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi qarzni sudda undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
19:12 / 31.10.2024
“Xalqimizning soddaligi sabab bo‘lmoqda”- Toshkent shahar sudi raisi Panorama Airways ishiga to‘xtaldi
14:10 / 31.10.2024
Sudgacha sanatsiya qilish jarayonida davlat tomonidan yordam ko‘rsatiladi
18:06 / 17.10.2024