O‘zbekiston | 08:43 / 11.05.2021
2431
1 daqiqa o‘qiladi

Suvenir pullarni haqiqiy deb sotgan shaxs qo‘lga olindi 

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida 5 may kuni suvenir pullarni haqiqiy deb sotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

Qayd qilinishicha, tezkor tadbir davomida R.U. Burhoniddin Marg‘inoniy ko‘chasida joylashgan «O‘zbekneftgaz» nomli yonilg‘i quyish shoxobchasi oldida jami 1 500 dollar bo‘lgan, 30 dona 50 dollar kupyuradagi suvenir pullarining haqiqiy pullar ekanini aytib, 7 500 000 so‘m evaziga sotgan vaqtida ushlangan. Undan pullar daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Marg‘ilon shahar ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Farg‘onada 1905 yilda ishlab chiqarilgan madaniy boyliklar O‘zbekistondan chiqish yo‘nalishida ushlab qolingani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid