O‘zbekiston | 08:44 / 11.05.2021
2450
2 daqiqa o‘qiladi

To‘rtko‘lda og‘ufurush to‘xtatib qolindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari va DXX hamkorligida To‘rtko‘l tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda salkam 100 gramm «opiy» giyohvand moddasini olib ketayotgan og‘ufurush to‘xtatib qolindi. Bu haqda Bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro Ch.A. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Natijada, ushbu shaxsning cho‘ntagida jami 3 dona polietilen o‘ramda  «opiy» giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Shuningdek, avtotransport vositasi yukxonasidagi ehtiyot qismlar sumkasi ichiga yashirilgan 1 dona elektron tarozi va 1 litr sig‘imli gaz ballon ham ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspertiza-kriminalistika boshqarmasining xulosasiga ko‘ra, ushbu giyohvandlik moddalar sof og‘irligi 99,42 grammni tashkil etuvchi «opiy» ekanligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid