Nukus yaqinida uchta avtomobil to‘qnashib, 6 kishi halok bo‘ldi
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri yaqinida 3ta avtomobil ishtirokidagi mudhish yo‘l-transport hodisa natijasida 6 kishi halok bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston YXHB matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, voqea 11 may kuni sodir bo‘lgan. Nukus-To‘rtko‘l yo‘lining 225 kilometri (Chilpiq yodgorligi qarshisi)da Cobalt, Nexia va Damas o‘zaro to‘qnashib ketgan. Avariya natijasida jami 6 kishi halok bo‘lgan.
Cobalt’dagi 1 nafar yo‘lovchi, Nexia’dagi 4 nafar yo‘lovchi va Damas haydovchisi voqea joyida jon bergan. Nexia va Cobalt haydovchilari shifoxonaga yotqizilgan. Ularning holati bo‘yicha ma'lumot yo‘q.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avvalroq 8 may kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman «Toshqo‘rg‘on» mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-92 Qarshi—Talliqo‘rg‘on—Kasbi—Jyeynov avtomobil yo‘lining 26 kilometrida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Shuningdek, 10 may kuni Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani hududida ikkita Cobalt avtomashinasi to‘qnashishi 6 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:07 / 21.09.2024
Romitan hokimi yordamchisi sodir etgan YTHda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
15:26 / 20.09.2024
Skuter va yuk mashinalariga doir taqiqlar, “radarlar” hamda YHXXning bekor bo‘layotgan vakolati – Senat yangi o‘zgarishlarni ma’qulladi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024