Jahon | 13:14 / 14.05.2021
3641
2 daqiqa o‘qiladi

Yil oxirigacha yapon vaksinasi ham foydalanishga tatbiq etilishi mumkin

Yaponiyaning COVID-19'ga qarshi ilk vaksinasi joriy yil oxirigacha umumiy foydalanishga tayyor bo‘lishi mumkin. Bu haqda Kiodo agentligi xabar berdi.

Foto: KYODO

Ta'kidlanishicha, birinchi vaksina mamlakatning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri Shionogi tomonidan ishlab chiqarilgan, o‘tgan yilning dekabridan beri klinik sinovlar davom etib kelayotgan edi. 

Yaponiya hukumati o‘tgan yili jami 310 million doza uchun AstraZeneca, Moderna va Pfizer va BioNTech kompaniyalari bilan shartnomalar imzolagandi. Hozirda Yaponiya aholisi faqat Pfizer vaksinasi bilan emlanmoqda.

Yaponiyaning KM Biologics kompaniyasi korporativ boshqaruv departamenti xodimi Akmal Rajabov Kun.uz’ga bergan intervyusida tibbiyot va farmatsevtikada ilg‘or bo‘lgan yapon kompaniyalari uzoq muddatli xavfsizlikni juda muhim deb hisoblaganlari uchun vaksina samaradorligini pasaytirmagan holda boshqa vaksinalarda obdon sinovdan o‘tgan texnologiya asosida ishlashayotganini aytgan edi. Ma'lum bo‘lishicha, buning uchun kamida 3 yil vaqt sarflanishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Pfizer/BioNTech’ning BNT162b2 vaksinasi uchinchi bosqich sinovlaridan keyin 95 foiz samaradorlik ko‘rsatgan, Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi samaradorligi 92 foiz, Amerikaning Moderna kompaniyasi vaksinasi samaradorligi 94,1 foiz, AstraZeneca kompaniyasi vaksinasi samaradorligi 70 foiz samarali ekanligi ma'lum qilingan.

Mavzuga oid