Jamiyat | 14:52 / 15.05.2021
3451
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: «Amirsoy» kurortida varrak sayli o‘tkazildi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududida joylashgan “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida oilalar o‘rtasida varrak sayli o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, varragi eng yuqori uchgan va balandda ko‘p vaqt turgan “7 lochin” va “Uchar golland” jamoalari g‘olib deb topildi hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Majmua tijorat direktori Davronbek Niyozov o‘tkazilgan tadbir haqida shunday dedi:

“Mazkur saylimiz 15 may – Xalqaro oila kuniga bag‘ishlab o‘tkazildi. Juda ko‘pchilik oilalar ishtirok etgan bu tadbirimizdan maqsad oilalar, ayniqsa, bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni o‘rnatishdir. Joriy yilda shu kabi juda ko‘p dasturlarni rejalashtirganmiz va ular mehmonlarimizga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz”.

Mavzuga oid