Xitoy ilk marta Marsga o‘z apparatini qo‘ndirdi
Xitoy sovet ittifoqi va AQShdan so‘ng qizil sayyoraga marsoxod qo‘ndirgan uchinchi mamlakatga aylandi.
Xitoyning «Tyanven-1» («Samoga savollar») marsoxodi Mars yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi.
«15 may kuni “Tyanven-1” apparati Xitoyning Marsni tadqiq qilish bo‘yicha birinchi missiyasi doirasida Marsning Utopiya tekisligi janubidagi oldindan rejalashtirilgan joyga muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi», – deya Xitoy Milliy kosmik boshqarmasi axborotini keltirmoqda Sinxua agentligi.
Kosmik apparat o‘tgan yil iyulida Xitoy janubidagi Xaynan orolidan uchirilgandi. U fevral oyi oxirida Mars orbitasiga kirgan. Shundan so‘ng ikki oy davomida qo‘nish uchun mos keladigan joy qidirgan; shuningdek, sayyora yuzasini suratga olgan.
Missiyaning asosiy maqsadi – Marsda hayot bo‘lishi mumkinligi ehtimollarini tekshirish. Shu bilan birga, apparat to‘plagan ma'lumotlar olimlarga bu sayyoradagi shart-sharoit kelgusida odamlar yashashi uchun qulay bo‘lishi mumkin yoki yo‘qligini o‘rganishda qo‘l keladi.
Ma'lum qilinishicha, marsoxod Pekin vaqti bilan 15 may soat 01:00da (Toshkent vaqti bilan 14 may soat 22:00da) Mars orbitasidagi joyidan yo‘lga chiqqan. Oradan uch soat o‘tib apparat orbital modulidan ajralib, uch soatdan so‘ng Mars atmosferasiga kirgan. Shundan so‘ng 9 daqiqa ichida tezlik bilan pastlashib, Toshkent vaqti bilan soat 4:18da muvaffaqiyatli qo‘ngan.
240 kg tosh bosuvchi marsoxod quyosh energiyasi bilan ishlaydi. Unga suratga olish, navigatsiya, tuproq namunalarini tahlil qilish, suv va muz izlashga mo‘ljallangan qismlar biriktirilgan. Missiya kamida 90 sutka davom etishi kutilmoqda.
NASA va Roskosmos Xitoyni ushbu muvaffaqiyati bilan tabrikladi.
Qizil planetaga ilk marsoxod 1971 yilda sovet ittifoqi tomonidan qo‘ndirilgan. «Mars-3» apparati o‘zga sayyoraga qo‘ngach, ishlash rejimiga o‘tgan va Yerga videosignal yubora boshlagan, biroq aloqa 20 soniyadan so‘ng uzilib qolgan.
1976 yilda esa AQSh olimlari tomonidan «Viking-1» va «Viking-2» kosmik apparatlari Marsga qo‘ndirilib, ilk marta muvaffaqiyatli missiya bajargan. Yevropa kosmiy agentligining ikkita marsoxodi qizil sayyoraga qo‘nish chog‘ida portlab ketgan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy o‘tgan yili Oyga robot uchirib, 2 kg.ga yaqin Oy tuprog‘ini Yerga olib tushgandi.
Mavzuga oid
20:08 / 10.11.2024
Xitoyga tegishli marsoxod Marsda qadimiy okean izlarini topdi
17:55 / 10.11.2024
Xitoy Filippinning dengiz zonalariga oid qonuniga javoban patrullikni kuchaytiradi
15:18 / 10.11.2024
«Qarz qopqoni»: Xitoy tasarrufiga o‘tgan Shri Lanka porti
08:08 / 09.11.2024