O‘zbekiston | 15:45 / 17.05.2021
3500
1 daqiqa o‘qiladi
Buxoro shahri hokimi dam olish kunlarida sayyor qabul o‘tkazdi
Buxoro shahrining yangi tayinlangan hokimi Jamol Nosirov dam olish kunlarida sayyor qabul o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi.
Shahar hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, 3 kun davomida uzluksiz o‘tkazilgan sayyor qabullarga shahardagi barcha korxona va tashkilot vakillari jalb qilingan.
Eslatib o‘tamiz, prezident qarori asosida 13 may (Ramazon hayiti), 14–15 may (qo‘shimcha dam olish kunlari) ishlanmaydigan kunlar sifatida belgilangan edi.16 may esa yakshanba.
Shahar hokimi prezidentning ushbu qaroridan bexabar qolgan ko‘rinadi.
Madaniyat vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Jamol Nosirov 2021 yil 5 may kuni Buxoro shahrining yangi hokimi sifatida ish boshlagandi.
Mavzuga oid
11:06 / 21.07.2024
Buxoroda ikki korxona 585 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
10:30 / 01.07.2024
Buxoroda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan MChJ rahbari qamoqqa olindi
17:24 / 25.02.2024
Buxoroning ikkita ko‘chasida transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi
17:07 / 31.01.2024