O‘zbekiston | 15:45 / 18.05.2021
3250
2 daqiqa o‘qiladi
Paralimpiya harakatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi
Prezident “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Quyidagilar paralimpiya harakatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
- jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlarni kengaytirish hamda ular o‘rtasida sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini yanada oshirish;
- barcha turdagi sport ta'lim muassasalarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport bo‘limlarini bosqichma-bosqich tashkil etish hamda iqtidorga ega bo‘lgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni tanlab olish, ularni sport turlariga yo‘naltirish, tayyorlash hamda oliy sport mahoratiga erishishni ta'minlovchi uzluksiz yagona kompleks tizimni joriy etish;
- rivojlantirilayotgan (mavjud), yangi tashkil etilayotgan va kelajakda yangi tashkil etilishi rejalashtirilgan paralimpiya sport turlarini har tomonlama rivojlantirish va ommaviylashtirish;
- paralimpiya sport turlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaratish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish;
- jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashlarini rag‘batlantirish, jismoniy va ijtimoiy moslashuvi integratsiyasini dasturiy-uslubiy ta'minlash, kasbiy reabilitatsiya va kadrlar tayyorlash;
- sport ta'lim muassasalarida (shu jumladan, oliy ta'lim muassasalari) faoliyat yuritayotgan paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimini kuchaytirish;
- jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida maxsus ta'lim muassasalarida hamda mahallalarda sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish;
- barcha turdagi sport ta'lim muassasalarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun zamonaviy moddiy-texnik bazasini shakllantirish.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
14:41 / 11.09.2024
"Siz imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligini yana bir bor isbotladingiz" - Saida Mirziyoyeva paralimpiyachilarga minnatdorlik bildirdi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024