O‘zbekiston | 11:00 / 25.05.2021
20701
1 daqiqa o‘qiladi

Qurilish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sariosiyo tumanining sobiq hokimi O‘ktam To‘rayev qurilish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Qurilish vaziri o‘rinbosari Erkin Iskandarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

Uning o‘rniga Sariosiyo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan O‘ktam To‘rayev tayinlanmoqda.

O‘ktam To‘rayev

O‘ktam To‘rayev 1979 yilning 25 oktyabrida Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Termiz davlat universiteti, 2002 yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. 

U 2017 yilda Boysun tumani hokimi etib tayinlangunga qadar Muzrabot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2019 yildan buyon Sariosiyo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O‘ktam To‘rayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Sariosiyo tumani hokimi lavozimidan ozod etilgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid