Lukashenko jahon urushi bilan tahdid qildi
Lukashenkoning ta'kidlashicha, Belarus kichik mamlakat bo‘lishiga qaramasdan, munosib javob qaytara oladi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda «olov yonishi» jahon urushiga olib kelishini aytdi, deb xabar berdi «BelTA» agentligi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus unga yomonlik istayotganlarning maqsadlarini biladi. Lukashenkoning ta'kidlashicha, Belarus kichik mamlakat bo‘lishiga qaramasdan, munosib javob qaytara oladi.
«O‘ylanmagan keskin harakatlar qilishdan oldin Belarus Yevropaning markazi ekanini yodda tuting. Agar bu yerda alanga paydo bo‘lsa, bu navbatdagi jahon urushi bo‘ladi», — dedi u.
Avvalroq Lukashenko G‘arbga narkotrafik va migratsiyani nazorat qilishni to‘xtatish bilan tahdid qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 23 may kuni Lukashenkoning buyrug‘i bilan harbiylar Afinadan Vilnyusga yo‘l olgan Ryanair aviakompaniyasi samolyotini Minskka qo‘ndirishdi.
Samolyot bortida Nexta Telegram-kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevich va uning sevgan qizi bor edi — samolyot qo‘nganidan keyin ular qo‘lga olindi.
Bu hodisa xalqaro inqirozli holatni keltirib chiqardi. Aviakompaniyalar Belarusni aylanib o‘tgan holda uchishga qaror qilmoqda.
Mavzuga oid
20:49 / 11.11.2024
Belarus rasman BRIKS bo‘yicha sherik davlat maqomini oldi
22:17 / 07.11.2024
Lukashenko yana 31 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
14:30 / 05.11.2024
Lukashenko: RF Belarus orqali Polsha, Litva, Latviya va Ukrainaga hujum qilmoqchi emas
13:10 / 24.10.2024