O‘zbekiston | 13:17 / 27.05.2021
3726
2 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘lda “KamAZ” yonib ketdi

Yangiyo‘l tumanida "KamAZ" yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma'lum bo‘lishicha, 26 may kuni soat 15:44 da Yangiyo‘l tumani «Registon» MFY hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lining 830 km.da  harakatlanib ketayotgan “KamAZ” rusumli yuk avtomashinasining motor va kabina qismida yong‘in sodir bo‘lgan.
 
Yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etishga Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2 ta yong‘in-qutqaruv guruhi jalb etilgan. Yong‘in-qutqaruvchilar voqea joyiga soat 15:54da yetib borgan va soat 16:04da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. 

Yong‘in natijasida yuk avtomobili haydovchisi qo‘l qismidan 3 foiz kuyish tan jarohati olgan, shifokorlar tomonidan unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 
 
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid