O‘zbekiston | 12:52 / 02.06.2021
7551
1 daqiqa o‘qiladi

Termiz xalqi gaz yetishmovchiligidan azobda yashayapti. Muammoni bartaraf qilish uchun 70 mlrd so‘m ajratiladi – prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida viloyat faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qildi. 

“Menga kecha hisobot berishdi, Termiz shahri gaz ta'minoti halqa shaklida emas ekan. Termiz xalqi gaz yetishmovchiligidan azobda yashayapti. Bu muammoni bartaraf qilish uchun 70 mlrd so‘m ajratiladi. Bu yil qishda Termiz shahrida gaz muammosi bo‘lmasligi shart”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

“Hududgazta'minot” AJ raisi Bahodir Eshmurodov vaziyatga quyidagicha izoh berdi:

“Termiz shahri mamlakatimizdagi bitta uzatish tarmog‘idan ta'minlanayotgan yagona shahar hisoblanadi. O‘tgan qish mavsumida ob-havoning keskin pasayishi tufayli ta'minotga qiynaldik. Belgilangan vazifani 1 oktyabrgacha albatta bajaramiz”.

“1 noyabrgacha, men o‘zim yana bir oy qo‘shimcha muddat beraman. 70 mlrd mablag‘ esa dushanba kuniyoq ajratiladi”, dedi prezident.

Mavzuga oid