Apple kompaniyasi iOS 15 operatsion tizimini taqdim etdi
iOS 15 operatsion tizimida foydalanuvchi kiruvchi xabarlarni filtrlashi mumkin bo‘ladi: bunda u ayni vaqtda kimlardan xabarlar kelishi mumkinligini belgilaydi. Zarur bo‘lmagan xabarlar esa keyinroq, belgilangan vaqtda aks etadi.
Apple kompaniyasi WWDC 2021 anjumanida iOS 15 operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazdi.
Ma'lumot berilishicha, FaceTime yangilanishlarga ega bo‘ldi. Jumladan, SharePlay rejimida Apple Music orqali birgalikda qo‘shiqlar eshitish yoki filmlar tomosha qilish mumkin bo‘ladi. Seansning istalgan ishtirokchisi kontentni qo‘yishi, to‘xtatishi yoki o‘tkazishi mumkin. Bundan tashqari, FaceTime chatiga Apple qurilmasiga ega bo‘lmaganlar ham brauzer orqali ulanishi qo‘shila oladi.
Shuningdek, iOS 15 operatsion tizimida foydalanuvchi kiruvchi xabarlarni filtrlashi mumkin: bunda u ayni vaqtda kimlardan xabarlar kelishi mumkinligini belgilaydi. Zarur bo‘lmagan xabarlar esa keyinroq, belgilangan vaqtda aks etadi.
Kameralar fotosuratlardagi matnlarni taniy oladi hamda nusxa ko‘chiradi. Spotlight dasturi esa suratga olingan joy, odamlar, manzara va obektlar orqali fotosuratlarni qidirish imkonini beradi.
Lokator xizmatida o‘chirib qo‘yilgan va ma'lumotlar o‘chirib tashlangan qurilmani topish imkoniyati paydo bo‘ladi.
iOS 15 operatsion tizimining beta-versiyasi foydalanuvchilar e'tiboriga iyulda havola etiladi.
Mavzuga oid
22:57 / 24.09.2024
Apple App Store do‘konidan 100 ga yaqin VPN-ilovani o‘chirib tashladi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
21:44 / 17.09.2024
Apple korporatsiyasi iOS 18 operatsion tizimini chiqardi
21:01 / 16.09.2024