O‘zbekiston | 15:06 / 08.06.2021
7770
2 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘lda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yo‘lda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun, 8 iyun kuni soat 10:30 larda, M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan 828-kilometrida, 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi K.B. MAZ-516 rusumli yuk mashinasi bilan harakatlanib ketayotganda boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda yuk mashinasi yo‘lga ag‘darilib ketgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Faqat yuk mashinasi jiddiy shikastlangan. Ta'kidlanishicha, yuk mashinasini yo‘ldan olish choralari ko‘rilgan va mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid