O‘zbekiston | 08:23 / 09.06.2021
3026
2 daqiqa o‘qiladi

Mirzo Ulug‘bek tumanida "Spark" yonib ketdi

Joriy yilning 8 iyun kuni poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida "Spark" mashinasi yonib ketgan. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha voqea 8 iyun kuni soat 22:45 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani "Qorasuv-6" dahasida, haydovchi I.R. "Spark" avtomobilida harakatlanayotib, ushbu hududda joylashgan "Makro" supermarketi yaqiniga yetgan vaqtida avtomobilning dvigatel qismida qisqa tutashuv bo‘layotganligini payqagan va transport vositasini to‘xtatgan. Qisqa tutashuvdan so‘ng avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan. 

Mazkur hodisa yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablari o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid