«O‘zbekiston temir yo‘llari» poyezdlarning konditsioner tizimidagi nosozliklar yuzasidan izoh berdi
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchi tashish vagonlariga konditsionerlar o‘rnatish masalasi ko‘p muhokama qilinmoqda. Bunga asosiy sabab qilib, noodatiy tabiiy issiqlik poyezdlarning shamollatish tizimida uzilishlar keltirib chiqarayotgani aytilgan. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab chiqdi.
Aksiyadorlik jamiyati Axborot-tahliliy media markazi xabariga ko‘ra, yo‘lovchi poyezdlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha komissiya tuzildi. 10 iyun kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi X.Hosilov boshchiligida ishchi komissiya «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi» AJga tashrif buyurdi.
Ma'lum qilinishicha, tashrif davomida mavjud muammolarni hal qilish uchun quyidagi choralar ko‘rilgan:
- birinchidan, poyezd o‘z manziliga ketishidan oldin 40 daqiqalik vaqt oralig‘ida manyovrlar (lokomotivni yo‘lovchi vagonlaridan uzib qo‘yish) o‘tkazishga qaror qilindi, bu yo‘lovchi vagonlarining elektrsiz turish vaqtini kamaytiradi, chunki konditsioner tizimi lokomotivsiz ishlay olmaydi;
- ikkinchidan, «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ bosh direktori va uning o‘rinbosarlariga yo‘lovchi poyezdlarida tekshiruv safarlarini o‘tkazish va vagonlarda konditsioner tizimi ishlashini shaxsan tekshirish topshirildi;
- uchinchidan, yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida har bir yo‘lovchi vagoni tarkibiga tibbiyot xodimlarini biriktirish vazifasi qo‘yildi.
“Ta'kidlash joizki, vagonlarni rekonstruksiya qilish, shuningdek ularni modernizatsiya qilish belgilangan tartibda va tasdiqlangan jadvallarga muvofiq amalga oshirilyapti.
Bundan tashqari, ikki kun davomida (joriy yil 5-6 iyun kunlari) ishonch telefoniga 3 000 mingdan ortiq qo‘ng‘iroq kelib tushgan (1005). Shulardan faqat 2ta qo‘ng‘iroq poyezdning konditsioner tizimidagi muammolar bilan bog‘liq bo‘lib, 5ta qo‘ng‘iroq qo‘ng‘iroq qiluvchilar tomonidan ishonch telefoni operatori javob berguniga qadar rad etilgan”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
10:47 / 07.11.2024
Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd 2025 yildan qatnay boshlaydi
23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
09:44 / 04.11.2024