O‘zbekiston | 16:50 / 11.06.2021
1933
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatidagi moy ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan moy ishlab chiqarish sexida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 11 iyun kuni soat 14:43 da Yuqori Chirchiq tumani “Ma'rifat” MFY, Bahor ko‘chasida joylashgan “Eko oil product” MChJ moy ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida binoning taxminan 60 kv.m. maydoniga zarar yetgan. 

Mazkur holat  yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor harakatlari natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan.   
         
Hodisadan tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid