O‘zbekiston | 14:43 / 15.06.2021
27002
2 daqiqa o‘qiladi

Bektemir tumanida yana hokim o‘zgardi

Tapil Mahamadziyayev Bektemir tuman hokimi etib tayinlandi.

Bugun, 15 iyun kuni Toshkent shahri hokimligida Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining navbatdan tashqari o‘ttiz to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. Sessiyada hozirgacha Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta'minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Tapil Mahamadziyayev Bektemir tumani hokimligiga tasdiqlandi.

Tapil Mahamadziyayev 1976 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy.

Bektemir tumanida so‘nggi bir yillikdagi to‘rtinchi hokim ish boshlamoqda. 2020 yil avgustida tumanga 2018 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Shohrux Mamajonov prezidentning tumanga tashrifidan so‘ng barcha sektorlar rahbarlari — prokuror, IIO FMB boshlig‘i va davlat soliq inspeksiyasi rahbari bilan birgalikda ishdan olingandi. Uning o‘rniga Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Jahongir Ibrohimov tumanning yangi rahbari etib tayinlangandi. U bu lavozimda 5 oyga yaqin vaqt ishlagach, 2021 yilning yanvarida Yunusobod tumani hokimligiga o‘tkazildi.

2021 yil fevralida Saidjamol Sultonov tumanning yangi rahbari sifatida ish boshlagandi. Uning ishdan ketishi sababi va keyingi faoliyati hozircha ma'lum emas.

Mavzuga oid