Erdo‘g‘an Ozarboyjonda Turkiya harbiy bazasi tashkil etilishi mumkinligini aytdi
Turkiya yetakchisining qayd etishicha, «hozirda birinchi navbatdagi vazifa butun Ozarboyjon chegarasi bo‘ylab xavfsizlik va uning himoyasi kafolatini ta'minlash masalasidir».
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ozarboyjon bilan tuzilgan Shusha deklaratsiyasi doirasida bu mamlakat hududida Turkiya harbiy bazasi tashkil etilishi mumkinligini istisno qilmadi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.
«Baza tashkil etilishi deklaratsiya moddalari doirasidan chetga chiqmaydi. Bu masala rivojlantirilishi mumkin. Bu mavzu Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan maslahatlashuvlari davomida rivoj topishi mumkin», dedi u.
Turkiya yetakchisining qayd etishicha, «hozirda birinchi navbatdagi vazifa butun Ozarboyjon chegarasi bo‘ylab xavfsizlik va uning himoyasi kafolatini ta'minlash masalasidir».
Erdo‘g‘an 15–16 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Ozarboyjonda bo‘ldi. U mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokaralar o‘tkazdi va o‘tgan yili Boku nazoratiga o‘tgan Shushadagi qator obektlar bilan tanishdi.
Ikki davlat rahbarlari ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shusha deklaratsiyasini imzoladi.
Mavzuga oid
09:50 / 20.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
22:04 / 03.09.2024
Ozarboyjon va O‘zbekiston parom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
07:42 / 02.09.2024
Ozarboyjondagi parlament saylovlarida Aliyevning partiyasi g‘alaba qozondi
18:55 / 30.08.2024