Qoraqalpog‘istonda mansabdorlarning korrupsion holat bilan bog‘liq jinoyatlar soni ma'lum qilindi
18 iyun kuni Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Jo‘qorg‘i Kengesning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘istonda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati to‘g‘risidagi axborotlar eshitilgan.
Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘istonda korrupsion va mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2020 yilda 90 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning atigi 5 oyi davomida 97 tani tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga oshgan.
Ta'kidlanishcha, Qoraqalpog‘istonda korrupsion va mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2020 yilda 90 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning atigi 5 oyi davomida 97 tani tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qoraqalpog‘istonda ikki oyda davlat xaridlariga doir 3,4 mlrd so‘mlik qonunbuzarliklar aniqlangani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
21:56 / 10.02.2024
Qoraqalpog‘istonning qator tumanlari vaqtincha elektrsiz qoldi
12:51 / 07.02.2024
Umra xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan ikkita firmaga chora ko‘rildi
23:35 / 24.01.2024
Beruniy tumanidagi avtosalonda yong‘in sodir bo‘ldi
09:41 / 16.01.2024