Toshkent viloyatida qariyb 130 gektar yer maydoni yonib ketdi
Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda hududiy inspeksiyalari tomonidan joriy yil 28-29 iyun kunlari olib borilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida, qator tumanlarda boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda somon poyalari yoqilishi natijasida jami 40ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ayrim tadbirkorlar hamda fuqarolarning tabiatga nisbatan nooqilona munosabati natijasida 129 gektar yer maydoni yonib ketgan. Natijada, 113 mln 178 ming 492 so‘m miqdorida atrof-muhitga yetkazilgan zarar hisob-kitob qilindi.
Barcha qonunbuzilish holatlari yuzasidan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarima hamda atrof-muhitga yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha tayyorlangan materiallar sud organlariga qonuniy qaror chiqarish uchun yo‘naltirildi.
Mavzuga oid
09:20 / 12.11.2024
Navoiy ko‘chasida Lacetti yonib ketdi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
10:19 / 08.11.2024