O‘zbekiston | 10:07 / 02.07.2021
23404
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: Kunlik holatlar yuqoriligicha qolmoqda, yana ikki bemor vafot etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda qariyb 500 kishida kasallik qayd etilib, 2 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111648 (+495) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 47 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 34 nafari Andijon viloyatida,
- 31 nafari Buxoro viloyatida,
- 31 nafari Jizzax viloyatida,
- 15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 5 nafari Navoiy viloyatida,
- 39 nafari Namangan viloyatida,
- 52 nafari Samarqand viloyatida,
- 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 32 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 39 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 5 nafari Xorazm viloyatida,
- 46 nafari Toshkent viloyatida,
- 99 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 8 nafar,
- Jizzax viloyatida 18 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 16 nafar,
- Navoiy viloyatida 10 nafar,
- Namangan viloyatida 25 nafar,
- Samarqand viloyatida 72 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 12 nafar,
- Xorazm viloyatida 5 nafar,
- Toshkent viloyatida 67 nafar,
- Toshkent shahrida 80 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 108009 (+313) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 742 nafarni tashkil qildi.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022