Navoiyda tez harakatlangan «Neksiya» ag‘darilib ketdi. Yo‘lovchi vafot etdi
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tez harakatlangan «Neksiya» ag‘darilib ketgan. Uning yo‘lovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 27 iyun kuni soat 12:30larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-63 avtomobil yo‘lining Qiziltepa tumani hududidan o‘tgan 26-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.
Qiziltepa-Kogon yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan «Neksiya» haydovchisi tezlikni me'yordan oshirib, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada mashina ag‘darilib yo‘l chetiga chiqib ketgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida «Neksiya»da yo‘lovchi sifatida ketayotgan 20 yoshli fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, Qiziltepa tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan mazkur hodisa yuzasidan Neksiya haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:54 / 06.11.2024
Taxtaqoracha dovonida transport vositalari harakati tiklandi
20:50 / 06.11.2024
Taxtaqoracha dovonidagi halokatda uch kishi vafot etgani tasdiqlandi
18:04 / 06.11.2024
Taxtaqoracha dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi. Qurbonlar bor
12:32 / 06.11.2024