Xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirishning yangi tartibi belgilandi
Adliya vazirligi 2021 yil 15 iyuldan talabalar o‘qishini ko‘chirishning yangi tartibi haqida ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, o‘qishni xorijiy davlatlardagi (xalqaro 1 000 talik ro‘yxatga kirgan) oliy ta'lim tashkilotlaridan O‘zbekistondagi davlat OTMning mos va turdosh yo‘nalishlariga ko‘chirishda:
— alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha test o‘tkaziladi;
— test va kasbiy imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari joriy yil 25 iyulgacha, keyinchalik har yili 15 iyulgacha belgilanadi hamda OAVda e'lon qilinadi;
— o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;
— test va kasbiy imtihonlar natijalari DTM hamda OTMning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi;
— o‘qishni xorijiy davlatlardagi oliy ta'lim tashkilotlaridan O‘zbekistondagi davlat OTMning mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
Mavzuga oid
17:27 / 12.08.2024
O‘qishni ko‘chirish testlarida qatnashishga 44 mingga yaqin talabgorga ruxsat berildi
23:35 / 13.07.2024
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
14:46 / 19.09.2023
O‘tish ballini 89,2 foiz talabgor to‘plolmadi – bu yilgi «perevod» mavsumi haqida
14:28 / 25.08.2023