O‘zbekistonga yana 40 ming doza «Sputnik V» vaksinasi olib kelindi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining 40 ming dozalik 1-komponenti olib kelingani haqida xabar berdi.
«Bugun tunda yurtimizga Rossiyadan "Sputnik V" vaksinasining navbatdagi 40 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi.
1 iyun kuni "Sputnik V" vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti, 10 iyunda 70 ming dozalik 2-komponenti keltirilgan edi.
Aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).
Shunday qilib, yurtimizdagi "Sputnik V" vaksinasi zaxirasi 280 ming dozaga yetdi. Yaqin kunlarda vaksinaning navbatdagi 40 ming dozalik 2-komponenti olib kelinishi kutilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
07:24 / 16.02.2022
YUNISEF O‘zbekistonga vaksina omborlari uchun 500 ming dollarlik uskunalar taqdim etdi
10:58 / 03.02.2022
O‘zbekiston Rossiya vaksinalarini import qilish bo‘yicha top-5 davlat qatoriga kirdi
16:41 / 31.01.2022
O‘zbekistonlik biolog: Ilk vaksina musulmon olimi tomonidan yaratilgan
08:44 / 19.01.2022