Hindistonda birdaniga 12 vazir iste'foga chiqdi
Hindistonda birdaniga 12 vazir iste'foga chiqdi. Ta'kidlanishicha, bu hukumatdagi o‘zgarishlar oldidan yuz bergan.
“Vazirlar mahkamasining 12 a'zosi, jumladan axborot texnologiyalari va sog‘liqni saqlash vazirlari hukumatdagi o‘zgarishlar oldidan o‘z lavozimlarini hamkasblariga bo‘shatib berish uchun iste'foga chiqdilar”, deb aytilgan xabarda.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 2014 yilda hokimiyat tepasiga kelgandan beri o‘z hukumatiga 36 nafar yangi vazirni kiritgan.
Hukumatning yangi tarkibida 77 vazir bo‘ladi, vaholanki avval ular soni 52 nafarni tashkil qilgan. Ushbu o‘zgarishlar hukumatning koronavirus pandemiyasiga qarshi samarasiz kurashi va nobarqaror iqtisodiyot ortida amalga oshirildi.
Iste'foga chiqqan vazirlar orasida sog‘liqni saqlash vaziri Xarsh Vardxan hamda adliya va axborot texnologiyalari vaziri Ravi Shankar Prasad ham bor.
Avvalroq Hindistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 400 mingdan oshgani ma'lum qilingandi. Biroq haqiqatda bu raqamlar kattaroq bo‘lishi mumkin, chunki mamlakatda ko‘plab o‘limlar rasman qayd qilinmaydi.
Mavzuga oid
17:36 / 14.11.2024
Hindiston xalqaro aeroportida havoning ifloslanishi tufayli 200 dan ortiq reyslar kechiktirildi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10 / 13.11.2024
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
20:33 / 07.11.2024