Navoiyda elektron bazani ham aldashdi
Karmana tumanida yashovchi Raxmon To‘xtamishev hovlisiga ichimlik suvi uchun hisoblagich o‘rnatish maqsadida tuman davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilgan. Xizmat uchun qonunda belgilangan muddatni kutgan fuqaro ishi hal bo‘lmagach murojaati yuzasidan ahvolni o‘rganadi. Bilsaki, elektron bazada murojaat qanoatlantirilgani haqidagi xabar qoldirilgan.
DXA Navoiy viloyati boshqarmasi xodimlari suv ta'minoti bo‘yicha vakolatli idorani ma'muriy chora ko‘rilishi bo‘yicha ogohlantirgan. Biroq, shunda ham suv ta'minoti idorasi xizmatni amalga oshirmagan.
Boshqarmas boshlig‘i Bexzod Safarovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, yilning o‘tgan muddatida viloyatda aholi va tadbirkorlarga davlat xizmati ko‘rsatishda eng ko‘p sog‘liqni saqlash tizimi qonun buzgan. Mazkur tizim ushbu muddat davomida 435 ta qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan. Qoidabuzarlikda keyingi “pog‘onani” ijtimoiy ta'minot idoralari egallagan. Ular 166 ta murojaatda qoidabuzarlik sodir etgan.
Shuningdek, kadastr 120 ta, qurilish va arxitektura 107 ta, tijorat banklari 105 holatda murojaatlarga muddatida javob qaytarmagan yoki asossiz rad javobini berishgan. Kuzatilishicha, eng ko‘p qoidabuzarlik tug‘ilganlik haqidagi holatni elektron bazaga muddatida kiritmaslik, subsidiya berishdagi davlat xizmatini ko‘rsatishda sodir etilgan.
Ta'kidlanishicha, vakolatli idoralarning e'tiborsizligi sababli 3 329 ta murojaatda fuqarolar huquqi buzilgan. Ushbu holatlar yuzasidan vakolatli idoralarga 17 ta taqdimnoma kiritilgan. 60 holatda javobgar shaxslar ma'muriy jarimaga tortilib, 62 holatda boshqarma tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ma'muriy huquqbuzarlik bayonnomalari tuzilgan.
Mavzuga oid
13:30 / 29.10.2024
Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 100 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi
16:34 / 12.10.2024
Karmana tumani hokimi intizomiy jazoga tortildi
19:51 / 13.03.2024
Karmanadagi uyda yuzaga kelgan holatga bazalt qoplamasi suvga bo‘kishi sabab bo‘lgan
14:18 / 13.03.2024