30 million so‘mlik tikuv mashinalari to‘xtatib qolindi
“Vodil-Marg‘ilon” yo‘nalishida 30 million so‘mlik tikuv mashinalarini noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi”, – deya xabar bermoqda viloyati bojxona boshqarmasi axborot bo‘limi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan ma'lumotlar asosida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida chegara oldi hududdan yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro A.I. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi kuzatuvga olinib, Marg‘ilon shahri hududida to‘xtatilib, avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv natijasida avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki qiymati 30,6 mln so‘mlik 17 dona tikuv mashinalari borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, “Farg‘ona-Vodil” yo‘nalishida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 83 dona uyali aloqa vositalarining noqonuniy savdosi oldi olingani haqida xabar berilgan edi.