Jamiyat | 19:23 / 13.07.2021
1316
1 daqiqa o‘qiladi
Keles yo‘li ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopilmoqda
Qurilish ta'mirlash ishlari bois Keles yo‘li ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent viloyati xokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Keles yo‘li ko‘chasining Toshkent tumaniga kirish qismidan “Hasanboy ota” jome masjidigacha bo‘lgan qismi 2021 yil 14 iyul kuni soat 9:00 dan ta'mirlash ishlari yakunlangunga qadar transport vositalari harakati uchun vaqtincha to‘liq yopiladi.
“Ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan transport vositalari vaqtinchalik tumanning Hasanboy qishlog‘i hududidan o‘tgan 4N-699 hamda sobiq M. Fozilov jamoa xo‘jaligi hududidan o‘tgan 4R-4 avtomobil yo‘llari orqali tashkil etiladi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:09 / 17.10.2023
Toshkentda Keles yo‘li ko‘chasini kengaytirish uchun 15 ta ko‘chmas mulk obekti olib qo‘yiladi
16:50 / 13.01.2023
«Loyihaga qarab yig‘layapman»: Keles yo‘lidagi 3 kilometrlik xato. Grand Road Tashkent loyihasi shaharsozlar tanqidiga uchradi
08:13 / 27.10.2020