Jahon | 22:50 / 19.07.2021
5227
1 daqiqa o‘qiladi

Haitining vaqtincha bosh vaziri iste'foga chiqishga rozi bo‘ldi

Haiti bosh vaziri vazifasini bajarayotgan Klod Jozef iste'foga chiqishga tayyorligini bildirdi. U bu haqda The Washington Post nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Uning lavozimini Ariel Anri egallaydi. Haitining marhum prezidenti Jovenel Moiz o‘ldirilishidan 2 kun oldin Anrini bosh vazir etib tayinlagan. Biroq u ushbu lavozimni egallashga ulgurmagan.

Jozefning ta'kidlashicha, u o‘z qarorini Anri bilan suhbatdan keyin “mamlakat ravnaqi” uchun qabul qilgan. U o‘z vakolatlarini Anriga 20 iyulda topshiradi.

Le Nouvelliste nashri bosh muharriri Frans Dyuvalning ma'lum qilishicha, Jozef Ariel Anri hukumatida tashqi ishlar va din ishlari bo‘yicha vazir lavozimini egallaydi.

Mavzuga oid